Jamoamizdagi iste’dodli yoshlar bilan tanishing.
So‘nggi videolar, reelslar va fotosuratlarni tomosha qiling.
Yaqinlashayotgan uchrashuvlar va turnirlar jadvali.
YouToo — bu Oʻzbekistonning yangi avlod futbol klubi boʻlib, futbolni nafaqat oʻyinda, balki mediada ham oʻziga xos uslub bilan taqdim etadi.
Biz yoshlar kuchi, ijodkorlik va sadoqat bilan harakat qilamiz. Jamoamiz oʻzining faolligi, kontent yaratuvchanligi va gʻalabaga boʻlgan intilishi bilan ajralib turadi.
Har bir oʻyin YouToo uchun nafaqat sportiy jang, balki sahna, ijodiy loyiha va imkoniyatdir. Bizning maqsadimiz — oʻzbek futbolida yangi yoʻl ochish va yoshlarni ilhomlantirish.
Maydonda biz — jamoa. Kamera qarshisida biz — ilhom. Tomoshabin yuragida esa biz — ilon yo‘li bilan yugurayotgan orzu!
Klubimiz 2025-yil bo'shida, yani yanvar oyida tashkil topgan boʻlib, qisqa vaqt ichida koʻplab muxlislar qalbini zabt etdi. Biz har bir oʻyinimizni kontentga aylantirib, oʻzbek futbolining yangi davrini boshlamoqdamiz.
Shunday ekan, agar sen ham orzuga ishonadigan boʻlsang — bil, sen yolgʻiz emassan. Chunki... Maqsad – YouToo!